Joriy yilning 25-mart kuni Xalq deputatlari shahar Kengashiga 18-Yangi Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputat A.Tumishova tomonidan Yangi Zarafshon mahallasida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli,ijtimoiy xodim hamda yoshlar etakchisi faoliyati o‘rganildi. Deputat “mahalla yettiligi” doimiy ravishda hamkorlikda faoliyat yuritishi, fuqarolarning murojaatlari va muammolarini o‘z vaqtida hal qilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berib o‘tildi.