#Deputat_sorovi
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Raxmonova Xusniya Usmonovna tomonidan Payariq tumani To'polos mahalla fuqarolar yig‘ini, Beshbegi qishlog‘i aholisi tomonidan qilingan murojaat yuzasidan deputatlik so'rovi yuborildi.
Deputat so'rovida X.Raxmonova tomonidan hududdagi asosiy yo‘lning qariyb 1,5 kilometr qismi yaroqsiz holga kelib qolganligi, yog‘ingarchilik va suv oqimi sabab yo‘lning yaroqsiz holga kelganligi bois fuqarolarning harakatlanishida qiyinchiliklar tug'dirishi to'g'risidagi masala ko'tarilgan.
Mazkur masala yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas'ul shaxsdan javob olingach, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)