Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Sh.Gayliyev tomonidan “Markaziy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yo‘l-transport hodisalarini kamaytirishga qaratilgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida ayniqsa maktab atrofidagi holatga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, maktab oldidagi piyodalar o‘tish joylari, o‘quvchilarning yo‘ldan xavfsiz o‘tishini ta’minlash, qo‘shimcha piyodalar yo‘laklari hamda yo‘l belgilari o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur hududda yo‘l harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash, piyodalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirildi.