Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.
янв.21
E’TIBOR VA E’ZOZDAGI AYOLLAR
янв.21
“YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA DEPUTAT O‘Z OKRUGIDA YOSHLAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR VA AHOLI UCHRASHUVI.
янв.21
MAHALLALARDA AHOLI VA BOLALAR UCHUN SPORT INSHOOTLARI, UMUMTA’LIM MAKTABLARI, KOLLEDJ VA AKADEMIK LITSEYLARNING SPORT ZALLARI VA ULARDAGI SPORT ANJOMLARI MAVJUDLIGI, ULARNING JIHOZLARI HOLATI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI. QONUNLAR TARG`IBOTI.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI. QONUNLAR TARG`IBOTI.
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

Shahar OBODONLASHTIRISH boshqarmasida sessiya qarori qog‘ozda, mablag‘lar esa havoga sovurildimi?!

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining VII-chaqiriq X-sessiyasida 23.09.2025-yil kuni (VM-665-qarori ijrosi yuzasidan) qabul qilingan VII-10-68-11-167-K/25-sonli hujjat aniq vazifalar, qat’iy muddat va ajratilgan budjet mablag‘lari bilan tasdiqlangan edi. Qarorga ko‘ra, ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari 2025-yil yakuniga qadar to‘liq tugallanishi va foydalanishga topshirilishi shart edi.

Ammo amaldagi holat mutlaqo boshqa manzarani ko‘rsatmoqda. 7 ta MFY hududida yarim yildan buyon aslfalt u yoqda tursin bir kilo “kesak” yoq. Qurilish texnikasi yo‘q, ish sur’ati yo‘q, natija yo‘q. Aholi esa chang, loy va nosoz yo‘llar bilan yuzma-yuz qoldirilgan.

Eng xavotirlisi — mazkur loyihalar uchun budjet mablag‘lari to‘liq ajratilgan. Mablag‘ o‘zlashtirilgan, hisobotlarda “bajarildi” degan satrlar paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo joylardagi real holat bilan qog‘ozdagi raqamlar o‘rtasida keskin tafovut bor. Bu tafovut oddiy sustkashlik natijasimi yoki budjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishi alomatimi?

Oldin ham Kokilon MFY hududida bajarilgan ishlar sifatsiz ekani aniqlanib, kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi. https://t.me/Quvasoy_kengash/7001 Ammo oradan oylar o‘tib ham vaziyat o‘nglangani yo‘q. Bu esa masalaga yuzaki yondashuv emas, balki tizimli loqaydlik mavjudligidan dalolat bermaydimi? 

Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Xusanov Farxodjon zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar qayerda qoldi? Sessiya qarorini ijro etish o‘rniga uni cho‘zish, vaqtni o‘tkazish va jim turish — bu boshqaruv intizomimi yoki javobgarlikdan qochishmi? Agar mablag‘ ajratilib, ish bajarilmagan bo‘lsa, bu holat jiddiy moliyaviy savollarni keltirib chiqarmaydimi?

Sessiya qarori — shunchaki rasmiy bayonnoma emas. Bu hujjat ortida fuqarolarning soliq pullari, ularning kundalik hayoti va xavfsizligi turibdi. Agar ajratilgan budjet evaziga belgilangan ishlar amalga oshirilmagan bo‘lsa, bunday holatni oddiy beparvolik deb baholash qanchalik to‘g‘ri?

Mas’ul rahbariyatdan aniq hisob-kitob, shaffof moliyaviy ma’lumot, bajarilgan ishlarning real dalillari va yakuniy muddatlar bo‘yicha ochiq bayonot talab qilinadi. 

Budjet mablag‘lari — bu shaxsiy emas, xalqniki. Uni samarasiz sarflash yoki izsiz “yo‘qotish” har qanday holatda ham jamoatchilik oldida javobsiz qolmaydi.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev, chet davlatlar bilan hamkorliklarni tiklab, yurtimizga investitsiya jalb qilish uchun jon kuydirayotgan bir paytda, tayyor kelib qolgan pulni talon-taroj qilish nafaqat jinoiy faoliyat balkim, ma’naviy falajlikdir…

Slide 1 of 3