Doimiy komissiya yig‘ilishini Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Sh.Mamarizayev olib bordi.
Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori ijrosi yuzasidan Bo‘ston tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish takliflari ko‘rib chiqildi, shuningdek, 2026-yilda Bo‘ston tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilayotgan loyihalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. Bu yuzasidan deputatlarning fikr-mulohazalari, takliflari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining huzuridagi doimiy komissiyalarining kengaytirilgan yig‘ilishida jami 2 ta masala ko‘rib chiqildi va har biri bo‘yicha doimiy komissiya a’zolarining munosabatlaridan kelib chiqib, tegishli qarorlar qabul qilindi.