Yangiliklar

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi sessiyasi

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Quvasoy shahar hokimligi binosida Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining 7-chaqiriq navbatdagi 13-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishi shahar hokimligining rasmiy sahifalarida onlayn tarzda uzatib borildi.

✅Mazkur sessiyada Kengash deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda kun tartibiga daxldor mutasaddilar ishtirok etdilar. 

🗣Sessiya ishida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida;

✅Quvasoy shahrida “Tashabbusli budjet” jarayonlarini shaffof va samarali amalga oshirish maqsadida 2025-yilning 3-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

✅Quvasoy shahrida “Infratuzilma va barqarorlikni ta’minlash” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aholining hayot kechirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish to‘g‘risida;

✅Quvasoy shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazining PQ–319, PQ–134 hamda PF–82-sonli meyoriy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirgan faoliyati, shuningdek 10 oy davomida bajarilgan vazifalar va erishilgan natijalar to‘g‘risida

🔵Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborot va hisobotlari eshitildi. Masalalar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda tasdiqlandi.

Slide 1 of 1