Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 20–Taraqqiyot okrugi deputati Mullajonov Zokir Kamolovich o‘z saylov okrugi hududida joylashgan ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish maqsadida joylarga chiqdi.
Deputat tashrifi davomida Taraqqiyot oilaviy shifokorlik punkti (OSHP) hamda 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, mavjud sharoitlar, moddiy-texnik baza holati, shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, sinfxonalar holati va o‘qituvchilar faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlar bilan fikr almashilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, shuningdek, faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Bunday o‘rganishlar kelgusida hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.