Navbatdagi uchrashuv “Dehqonobod” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi A.Turdiboyev hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Baxramov shuningdek, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va murojaatlarini bildirdi. Uchrashuv davomida Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar va islohotlarning amaliy ahamiyati keng tushuntirildi.