Yangiliklar

Deputat mahallada

 Kitobxonlik va ma’naviyat maskanlari e’tibor markazida: Deputat o‘rganishi natijalari 

Ma’naviyat va bilim manbai bo‘lgan kutubxonalar hamda madaniyat
maskanlarining holati bugungi kunning muhim masalalaridan biridir. 15-Fayzabod
saylov okrugi deputati D.Komilova hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida
navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.
 

Kitob fondining boyligi: Kutubxonadagi badiiy va ilmiy adabiyotlarning
soni, ularning yangilanganlik darajasi tahlil qilindi.
 

Mutolaa uchun sharoitlar: O‘quv zallarining jihozlanishi, yoritish tizimi
va issiqlik holati ko‘zdan kechirildi.
 

"Maktab kutubxonasi-bu shunchaki kitob saqlanadigan joy emas, balki
kelajak avlodning dunyoqarashi shakllanadigan maskan. Shu bois, u yerdagi har
bir kitob va yaratilgan sharoit bolalarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini
oshirishga xizmat qilishi kerak",-ta’kidladi deputat D.Komilova.