Sport maydonchalarida ahvol qanday? Deputat nazorati natijalari
Mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlarni sportga jalb etish — ustuvor
vazifa. Ammo hududlardagi sharoitlar bugungi kun talabiga javob beradimi?
- 15-Fayzabod saylov okrugi deputati D.Komilova tomonidan mahallalardagi
sport inshootlari, umumta’lim maktablarning sport zallari holati yuzasidan
izchil o‘rganish o‘tkazildi.
- O‘rganish nimalarni ko‘rsatdi? Deputat
tomonidan obyektbay o‘tkazilgan monitoring jarayonida afsuski, maqtagulik
bo‘lmagan holatlar aniqlandi:
- Ma’nan eskirgan jihozlar:
Ya’lim muassasasida sport anjomlari uzoq yillardan beri yangilanmagan.
- Yaroqsiz holat: Sport
zallaridagi mavjud anjomlarning aksariyati eskirgan va foydalanish uchun
xavfli holatga kelib qolgan.
- Tafovut: Sport
zallarining binolari mavjud bo‘lsa-da, ularning ichki jihozlanishi
zamonaviy standartlardan ancha orqada qolmoqda.