Oltinsoy tumanidagi ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida issiqlik tizimlari holatini o‘rganish ishlari to‘g‘risida.
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati A.Turdiyev hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda Oltinsoy tumani hududida joylashgan 62-, 65- va 34-sonli umumta’lim maktablari hamda “Xo‘jasoat” hududiy shifoxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mazkur muassasalardagi isitish tizimlari, xususan, pechlarning ishlash holati hamda o‘quv va xizmat xonalaridagi issiqlik ta’minoti holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati