Xalq deputatlari Urganch shahar kengashi deputati Rustamboy Baltayev J.Manguberdilik saylovchilar muammolariga quloq tutdi. Hududda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 sonli “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati haqida ham gapirib voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatchilikni oldini olish, farzandlar taqdiriga befarq bo‘lmaslikka chaqirib qoldi.