Murojaatlar ijobiy hal etilmoqda.
Xalq deputatlari Bag`dod tumani Kengashi raisi G`.Soliyev, Farg`ona viloyati kengashi deputati M.Xurboyev hamda tuman Kengashi deputati G`.Abdullayevlar tumannning Qo‘shtegirmon 1 mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabulda saylovchilar tomonidan kelib tushgan murojaatlar ijobiy hal etilmoqda.
Nurafshon MFY Birdamlik ko‘chasi aholisi tomonidan elektr energiya sifati past bo‘lganligi sababli yangi transformator o‘rnatish bo‘yicha murojaatlari ijobiy hal etilib, transformator o‘rnatilib foydalanishga topshirildi.