Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

Fuqarolar yig‘inlari raislarining vakolat muddati 2025-yil may oyida tugashi munosabati bilan, mahallalarda saylovlar bo'lib o'tmoqda. Bugun Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna va 16-Bodomtepa saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevnalar tumanimizdagi "Bodomtepa" mahallasida bo'lib o'tgan fuqarolar yig‘ini raisi saylovida faol ishtirok etishdi.Fuqarolar jamoat asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etilgan holda, mahallaning keyingi 5 yillik taraqqiyotiga munosib rahbarni saylashdi.  

Slide 1 of 4