Yangiliklar

DEPUTAT BARNOXON BOLTABOYEVA TOMONIDAN O‘Z SAYLOV OKRUGIDAGI TA’LIM MUASSASI YOSHLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Toshkent farmatsevtika institutida Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati B.X.Boltayeva ishtirokida “Erta turmushni oldini olish va qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari”, “Yoshlarni oilaga tayyorlash”, “Ayollar huquqlarini himoya qilish” va xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar mavzularida institut talaba-qizlari oʻrtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbir davomida erta turmush va qarindosh-urug‘ nikohlarining sog‘liq va jamiyatga ta’siri, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ta’lim-tarbiya va ongli yondashuvning ahamiyati haqida fikr yuritildi. Bu kabi tadbirlar oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va yoshlarni ijtimoiy mas’uliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 6