Yangiliklar

MIROBOD TUMAN DEPUTATLARI "YANGI ZAMON" MFY FAOLIAYINI O‘RGANDILAR

 Joriy yilning 13- yanvar sanasida xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari F.A.Muxitdinova, G.B.Kulmatova va A.A.Karimovlar tumandagi "Yangi zamon" MFYda bo‘lib, 2025-yilda “Ayollar daftari”ni 6-bosqichda hamda "Yoshlar daftari"ni shakillantirish maqsadida olib borilayotgan xatlov jarayonlarining
borishi bilan tanishdilar.
  

Mahalla raisi, “Mahalla yettiligi”ning fikr-muloxaza hamda takliflari tinglandi, o‘rinli tushunchalar berilib, xatlovni belgilangan muddatlarda yakunlash to‘g‘risida topshiriq berildi. Shuningdek, MFYga ajratilgan
hududda kichik bolalar maydonchasini qurish va boshqa takliflarni atroflicha kelishib olindi.
  

Slide 1 of 5