Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘rta Chirchiq tumani 1-son texnikumida 60 yildan ko‘proq birga umrguzaronlik qilgan 11 ta oila ishtirokida "Qo‘sha qarish saodati" mavzusida "Uch avlod uchrashuvi" ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Yoqubjon Musayev “Do‘stlik” MFYda aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DMTT faoliyatiga deputat tomonidan baho berildi
янв.21
DEPUTAT FAOLIYAT
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Deputat tomonidan elektor tarmoqlari holatlari o‘rganildi
янв.21
O‘rta Chirchiq tumanida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha komissiyas azolari yig'ilishi bo'lib o`tdi.
Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputati Muzaffarjon Raimdjanov saylovchilar oldida o’z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o’tdi

Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputati Muzaffarjon Raimdjanov saylovchilar oldida o’z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari har chorakda kamida bir marotaba o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga hisobot berishlari belgilangan.

Bu esa, erkin fuqarolik jamiyati qurish, deputatning saylovchilari oldidagi mas’uliyatini va hisobdorlik hissini oshirish, deputatlik faoliyatining ochiqligini, aholining xabardorligini kuchaytirish va pirovardida xalqning vakillik organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga sabab bo‘ladi.

Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputati Muzaffarjon Raimdjanov ham 7-Bahrin saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashib, saylovchilar oldida o’z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o’tdi.

Uchrashuvda fuqarolardan berilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan atroflicha o’rganilib, deputatlik nazoratiga olinishi belgilab olindi.

Slide 1 of 3