Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
янв.21
🧑‍💼 Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman mahallalari uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan manzilli ishlash holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligi o'rganildi
янв.21
Aholi murojaati — e’tibor markazida
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
#_Haftalik_ish_reja #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala Shohjahon mahallasida fuqarolar murojaatlari manzilli o‘rganildi

#_Haftalik_ish_reja
#_deputat_faoliyati
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_24_talik_masala
Shohjahon mahallasida fuqarolar murojaatlari manzilli o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 14-Navro‘z saylov okrugidan saylangan deputati S.Avazov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan Shohjahon mahallasida fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish maqsadida manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mas’ullar mahalla hududidagi ko‘chalarni kezib, aholi xonadonlarida bo‘ldilar hamda fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildilar. Muloqot davomida aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan bildirilgan taklif hamda murojaatlar tinglandi.

Shuningdek, hududni obodonlashtirish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholini qiynayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalarga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni atroflicha o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilash hamda zarur hollarda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish muhimligi qayd etildi.

Mazkur manzilli o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishdan iborat.

Bunday uchrashuvlar deputatlik nazoratini samarali tashkil etish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda mahallalarda mavjud muammolarni tizimli ravishda o‘rganib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fuqarolar murojaatlari — deputatlik faoliyatining doimiy e’tiborida!

Slide 1 of 1