Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
янв.21
Tuman mahallalari uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🧑‍💼 Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan manzilli ishlash holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligi o'rganildi
янв.21
Aholi murojaati — e’tibor markazida
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI

QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Ravshanova hamda Kengash kotibiyati mudiri M.Kamolovalar tomonidan Uchquduq tumanidagi Qizilqum madaniyat uyining tomoshalar zali holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida madaniyat uyining tomoshalar zalidagi mavjud sharoitlar, binoning saqlanish holati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, sovuq mavsumda tomoshabinlar va madaniyat sohasi xodimlari uchun qulay sharoit yaratish, zalning isitish tizimi, haroratni me’yorida saqlash imkoniyatlari hamda zarur sharoitlarni yaxshilash masalalari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni hal qilish va madaniyat uyida kuz-qish mavsumini betalafot hamda samarali o‘tkazish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.

Maqsad — madaniyat muassasalarida munosib sharoit yaratish, aholi uchun madaniy xizmatlar sifatini oshirish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish.

Slide 1 of 1