Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
янв.21
Tuman mahallalari uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🧑‍💼 Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan manzilli ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati — e’tibor markazida
янв.21
#Mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligi o'rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #Savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 24 ta muhim masala yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.

Jumladan, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 25-“Katta Vaxshivor” saylov okrugidan saylangan deputat Jabbarov Jamshid Adashovich tomonidan “Obod Vaxshivor” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan soliq inspektorining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida soliq inspektori tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalar ijrosi hamda erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mahallada soliq qonunchiligi talablariga rioya etilishi, soliq tushumlarini ta’minlash va aholi hamda tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.

Mazkur deputatlik nazorati tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad — belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda soliq inspektori faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Deputatlik nazorati — belgilangan vazifalar ijrosi va hududlar rivojiga xizmat qiladi!

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1