Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
#Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
янв.21
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o‘rganildi
янв.21
Tuman mahallalari uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🧑‍💼 Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan manzilli ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati — e’tibor markazida
янв.21
#Mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligi o'rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
#Doimiy_komissiya #Ish_rejasiga_asosan #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 1-“Qiziltepa” saylov okrugida deputatlik o‘rni bo‘sh (vakant) bo‘lganligi sababli, ushbu hudud aholisining murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida mas’ullar biriktirildi.

Tadbir davomida Doimiy komissiya raisi Azamat Karamatovich Mamatmuratov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi Kotibiyati mudiri Musurmon Abduraxmonovich Xujanov hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Qiziltepa” mahallasida joylashgan 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida savolnoma asosida hamda Senatning 24 ta muhim tavsiyasi ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tartibida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining umumiy holati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, binoning kirish qismi va xavfsizlik choralari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muassasa hududidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, quduqlar (lyuklar) hamda infratuzilma inshootlarining texnik va xavfsizlik holati deputatlar va mas’ullar tomonidan joyida atroflicha o‘rganildi va taʼlim muassasasi mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5