Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQARONING BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASIDAGI MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahalladagi bank xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faolining faoliyati o'rganildi
янв.21
O‘quvchilarning ijodiy ishlari bilan tanishildi
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
📃Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 20-Uyshun saylov okrugi deputati Djumanazarova Komila Saidaxmatovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
📃Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 20-Uyshun saylov okrugi deputati Djumanazarova Komila Saidaxmatovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
📃Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 14-Kuchluk saylov okrugi deputati Nasrullayev Nurbek Baxtiyorovich tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALARNING TA’LIMI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

“Hamkorobod” mahallasida nogironligi bo‘lgan bolalardan xonadonma-xonadon xabar olinib, ularning holati, ehtiyojlari hamda ta’lim olish imkoniyatlari o‘rganildi.

👩‍💼Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati
G. Azimova tomonidan olib borilgan o‘rganish davomida bolalarning ta’limdan chetda qolmasligi, ular uchun zarur sharoitlar yaratilishi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

📚Jumladan, onalari bilan suxbat o’tkazilib, ayrim bolalarga o‘qituvchilar xonadoniga borib, individual tarzda dars mashg‘ulotlarini olib borayotgani o‘rganildi. Bunday yondashuv bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash va bilim olish jarayonini uzluksiz davom ettirishda muhim ahamiyatga ega.

⚖️Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida, nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash, ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

🤝O‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1