Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
янв.21
Tuman mahallalari uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🧑‍💼 Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan manzilli ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati — e’tibor markazida
янв.21
#Mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligi o'rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #Uchtepa_deputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "14-O'rikzor" okrugi deputati Abdushukurov Abdurashid Abduraximovich tomonidan Uchtepa tumanidagi Ko‘ksaroy mahallasi hududidagi saylovchilar murojaati yuzasidan deputatlik o‘rganishi davomida mahallaning Navo ko‘chasida 400 metr, Bositxon ko‘chasida 200 metr hamda O‘rikzor berk ko‘chasida 100 metr oqova suv tarmoqlarini qurish va quvurlar yotqizish zarurati mavjudligi aniqlangan.

💬 Mazkur masala aholining sanitariya-gigiyena sharoitlari, yashash muhiti va hudud infratuzilmasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligi sababli, uni amaliy jihatdan hal etish choralarini ko‘rish uchun deputatlik so'rovi yo'llangan edi.

📝 Ushbu ko'tarilgan masala yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Javobda ma’lum qilinishicha, yuqoridagi masala bo'yicha mutasaddi tashkilotlar bilan o'rganish o'tkazilgan hamda o‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur hududlarda umumiy uzunligi 901 p.m bo‘lgan oqova suv tarmoqlarini qurish zarurligi aniqlanib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun 1,4 mlrd so‘m mablag‘ talab etilishi belgilangan.

📆 Mazkur hududlarda aholining sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash, oqova suv tizimi bilan ta’minlash hamda kommunal infratuzilmani rivojlantirish maqsadida ushbu qurilish ishlarini 2027–2028-yillarda tegishli kommunal korxonaning manzilli dasturiga kiritgan holda amalga oshirish rejalashtirilganligi qayd etildi.

Slide 1 of 3