Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
янв.21
Tuman mahallalari uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🧑‍💼 Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan manzilli ishlash holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligi o'rganildi
янв.21
Aholi murojaati — e’tibor markazida
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
YAKKASAROY TUMANIDA GAZ TA’MINOTI VA AVARIYA-DISPETCHERLIK XIZMATI FAOLIYATI O‘RGANILDI

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️YAKKASAROY TUMANIDA GAZ TA’MINOTI VA AVARIYA-DISPETCHERLIK XIZMATI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Muminov Obidjon Odilovich boshchiligida, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda poytaxtda ichimlik va issiq suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti, kanalizatsiya tizimi hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan hududlarda sessiyaoldi o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺 O‘rganishlarning dastlabki manzili Yakkasaroy tumanidagi markaziy avariya-dispetcherlik markazi bo‘ldi. Deputatlar va soha mutasaddilari markazning kundalik faoliyati, tabiiy gaz ta’minoti tizimida yuzaga keladigan nosozliklarga tezkor munosabat bildirish hamda aholining murojaatlarini qabul qilish jarayonlari bilan tanishdi.

♻️ Jarayonda kuz-qish mavsumida tabiiy gaz ta’minotining barqarorligini ta’minlash, gaz tarmoqlaridagi bosimni nazorat qilish, avariya holatlarining oldini olish va ularni tezkor bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📞 Shuningdek, dispetcherlik xizmatiga kelib tushayotgan murojaatlarni ro‘yxatga olish, ularni tegishli avariya brigadalariga yo‘naltirish, tezkor xizmatlarning o‘zaro hamkorligini tashkil etish hamda fuqarolarni yuzaga kelgan uzilishlar haqida xabardor qilish tartiblari ko‘rib chiqildi.

🗣 “Hududgaz Poytaxt” GTF boshlig‘i B. Po‘latov mas’ulligida markaz faoliyati, mavjud texnik imkoniyatlar, gaz taqsimlash tarmoqlarining mavsumga tayyorgarligi hamda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

📋 O‘rganish davomida gaz ta’minoti sohasidagi xavfsizlik talablariga rioya etish, avariya-dispetcherlik xizmatining doimiy shayligini ta’minlash va kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlashga qaratilgan choralar e’tibor markazida bo‘ldi.

➡️ Poytaxtda kommunal ta’minot tizimlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari navbatdagi manzillarda davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10