Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQARONING BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASIDAGI MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahalladagi bank xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faolining faoliyati o'rganildi
янв.21
O‘quvchilarning ijodiy ishlari bilan tanishildi
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
📃Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 20-Uyshun saylov okrugi deputati Djumanazarova Komila Saidaxmatovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
📃Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 20-Uyshun saylov okrugi deputati Djumanazarova Komila Saidaxmatovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
📃Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 14-Kuchluk saylov okrugi deputati Nasrullayev Nurbek Baxtiyorovich tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
Kengashning haftalik ish rejasiga asosan: Uzun tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati o'rganildi

Kengashning haftalik ish rejasiga asosan: Uzun tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati o'rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasiga asosan, 2-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputat Abdusamad Bakiyev Bahoriston mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida masalaga chuqur yondashildi.

Jumladan:
Mahallabay ishlash tizimi hamda aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish mexanizmlari tahlil qilindi.

Yoshlar bilan ishlash, xotin-qizlar bandligini ta'minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlaridagi yettilik a'zolarining hamkorligi ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlik nazorati asosida amalga oshirilayotgan bunday o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning samarali yechim topishiga hamda mahalla va xalq o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.