Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
янв.21
Tuman mahallalari uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🧑‍💼 Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan manzilli ishlash holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligi o'rganildi
янв.21
Aholi murojaati — e’tibor markazida
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
DEPUTATLIK NAZORATI: KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI

O‘zbekiston «Adolat» SDPdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi deputati, Kotibiyat mudiri Mansur Urazbayev tomonidan deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlari doirasida tumandagi ijtimoiy soha obyektlarining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda isitish tizimlarining sozligi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

O‘rganish davomida deputat tumandagi 76-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, isitish tizimlarining holati hamda sovuq mavsumni betalafot va samarali o‘tkazishga qaratilgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur o‘rganishdan asosiy maqsad — ta’lim muassasasida qish mavsumida munosib ta’lim olish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashishdan iborat.

Deputatlik nazorati — aholi manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy soha obyektlarida xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4