Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Toshloq mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #ekspert_guruhi Termiz shahar Dehqon oziq-ovqat bozorida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi

Aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, iste’mol bozorida narxlar barqarorligini saqlash, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Termiz shahar Dehqon oziq-ovqat bozori MChJda bo‘lib, bozor faoliyatini o‘rganish yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.
O‘rganish jarayonida bozor hududida oziq-ovqat mahsulotlarining yetarliligi, narx-navoning barqarorligi, savdo rastalarining faoliyati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, hududning tozaligi va obodonlashtirilishi, shuningdek, tadbirkorlar hamda xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bozor faoliyatini tashkil etishda qonunchilik talablariga rioya etilishi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, mahsulotlarni belgilangan talablarga muvofiq saqlash va sotish, savdo jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar tahlil qilindi.

Shu bilan birga, hududlarda mavjud muammolarni tizimli ravishda aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan belgilangan 24 ta eng muhim yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalar ijrosiga ham e’tibor qaratildi. Mazkur tavsiyalar doirasida aholining kundalik ehtiyojlari, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va zaxirasi, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar sifati, hududlarni obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik kabi masalalarning ijrosi muhim ahamiyat kasb etadi.

Xususan, 10-yo‘nalish — narx-navoning barqarorligini ta’minlash doirasida bozordagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va ularning aholi uchun maqbulligini kuzatib borish, mahsulotlar ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda iste’mol bozorida yetarli zaxira shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Nazorat-tahlil tadbiri yakunida o‘rganilgan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar bilan ishlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish muhimligi qayd etildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning qonuniy yechimini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoit yaratish va aholi manfaatlarini ishonchli himoya qilishdan iborat.

Slide 1 of 5