Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Toshloq mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Ra'no Fozilova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassissi Dilnoza Ulug'bekovalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-406-son, 2016-yil 14-sentabr) ijrosini o‘rganish maqsadida Chinoz tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari faoliyatida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganish davomida hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim olishi, ma’naviy, intellektual va jismoniy rivojlanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda Qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi tahlil qilindi.

🔸 O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida hududda olib borilayotgan ishlar samaradorligi;
🔹 yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
🔹 yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirish va doimiy daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish holati;
🔹 yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
🔹 yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga qaratilgan tadbirlarning samaradorligi;
🔹 yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar;
🔹 yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, san’at va boshqa foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish holati;
🔹 yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar;
🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va muammoli yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
🔹 yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda yoshlar bilan ishlashda davlat organlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik holati.

Slide 1 of 3