Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Toshloq mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
AHOLI BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA

#deputat_uchrashuvi
#24_ta_masala

AHOLI BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Z.Jumaboyev fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazib, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni ishga joylashtirish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish, kasb-hunar egallash hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarning bandlik borasidagi murojaatlari va takliflari tinglanib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, mehnat faoliyatini boshlash hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Asosiy maqsad — aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish va ularning turmush farovonligini oshirishga ko‘maklashish.

Slide 1 of 3