Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Toshloq mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Yoshlar — mamlakat kelajagi, jamiyat taraqqiyotining muhim kuchi! Ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bilim olishi, kasb-hunar egallashi, munosib ish o‘rniga ega bo‘lishi hamda o‘z salohiyatini to‘laqonli namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar doimiy e’tibor va nazoratni talab etadi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-«Bog‘bon» saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tomonidan deputatlik vakolatlari doirasida yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi va tegishli qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
💩 O‘rganish doirasida deputat tuman hokimining ijtimoiy rivojlantirish, yoshlar siyosati, ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Soatov Baxtiyor Vaxobiddinovich bilan uchrashib, yoshlar bilan ishlash tizimining amaldagi holati, belgilangan vazifalar ijrosi hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.
📚 Uchrashuv davomida «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining bajarilishi, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💼 Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy kasb va bilimlarni egallashi uchun sharoit yaratish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sport, madaniyat hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
💩 Shuningdek, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, murojaatlarini o‘rganish va mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhimligi qayd etildi. Zero, har bir yoshning muammosiga befarq bo‘lmaslik, uning intilishi va tashabbusiga ko‘maklashish yoshlar siyosatining amaliy natijadorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📊 Deputatlik o‘rganishidan ko‘zlangan asosiy maqsad — qonun ijrosining amaliy holatini tahlil qilish, yoshlar bilan ishlashda mavjud masalalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish, yoshlar manfaatlariga xizmat qiladigan vazifalar ijrosini kuchaytirish yuzasidan tegishli takliflarni shakllantirishdan iborat.
✅ Yoshlar masalasi — kelajak masalasi! Shu bois, yoshlarga oid davlat siyosati ijrosini ta’minlash, ularning bilim olishi, mehnat qilishi, o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishi uchun munosib sharoit yaratish hamda yoshlar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan qonunlar ijrosini o‘rganish, aholi, xususan, yoshlarni qiynayotgan masalalarga e’tibor qaratish va ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 3