Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Toshloq mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoniga asosan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish taklif etilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot tinglandi.

Yig‘ilish davomida jamg‘arma mablag‘larini shahar infratuzilmasini yaxshilash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, nuroniylar uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlariga ajratish masalalari muhokama qilindi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan jami 755 mln 600 ming so‘m ajratish taklif etilmoqda. Shundan 525 mln so‘m shaharning asosiy ko‘chalarida temir panjara to‘siqlar o‘rnatish, 110 mln so‘m “Nuroniylar maskani” binosini joriy ta’mirlash uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 100 mln so‘m Muqimiy va Shikorbegi MFY hududlarini obodonlashtirish, ko‘p qavatli turar joy binolari va inshootlarini ta’mirlash, “Muqimiy” nomidagi madaniyat va ma’rifat majmuasi uchun zarur qurilish materiallari hamda elektr jihozlarini xarid qilishga ajratish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, A. Termiziy MFY, Furqat ko‘chasida yashovchi, Ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro Qambarova Maftuna Marupovnaning uy-joyini ta’mirlash xarajatlari uchun 20 mln 600 ming so‘m ajratish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida taklif etilgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, jamg‘arma mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash hamda ushbu jarayon ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4