Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Toshloq mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
KOTIBIYATDA ISH JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA
#kotibiyat_kunlik_ishlar

KOTIBIYATDA ISH JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA

15-oktabr kuni Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyatida kunlik ish jarayonlari doirasida deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish va Kengash oldida turgan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom ettirildi.

Kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov, mutaxassislar Z. Temirova va I. Ikromov tomonidan joriy vazifalar ko‘rib chiqilib, deputatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi tahlil qilindi. Xususan, qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish, 24 ta tavsiyada belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlarni jamlash va tahlil qilish, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflarni shakllantirishga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko‘rish doirasida kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni o‘rganish, zarur hujjatlarni tayyorlash hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha ishlar olib borildi.

Deputatlik nazoratini samarali tashkil etish, saylov okruglarida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va aholini qiynayotgan muammolar yechimiga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish masalalari ham ish faoliyatining muhim yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Bundan tashqari, Yoshlar maslahat guruhi va ekspert guruhlari bilan ishlashni faollashtirish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda Kengash faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladigan takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar davom ettirilmoqda.

Kotibiyat faoliyatida har bir topshiriqning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, o‘rganishlar natijalarining aniq dalillarga asoslanishi hamda amalga oshirilayotgan ishlarning ochiqligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Maqsad — Kengash faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish va fuqarolar manfaatlariga xizmat qiladigan amaliy natijalarga erishish.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash