Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Toshloq mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida

🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati R. Bozorova Qozoqon mahallasida saylovchilar bilan muloqot davomida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
♻️Mahalla va maktab hamkorligida yangidan barpo etilgan sport maydonidan samarali foydalanish yuzasidan saylovchilarga tushuntirish berildi. Jumladan, mazkur maydondan o‘zaro kelishuv asosida foydalanish, sport mashg‘ulotlarini tizimli tashkil etish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
♻️Deputat sport maydoni mahalla yoshlari uchun sog‘lomlashtirish, jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishda muhim maskan bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi. Shu bilan birga, undan foydalanishda maktab va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro kelishuv va mas’uliyat tamoyillariga rioya etish zarurligini bildirdi.
♻️Deputatlik nazorati va aholi bilan muloqotning asosiy maqsadi — mahallada yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, yoshlar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish hamda sog‘lom avlodni tarbiyalashga ko‘maklashishdan iborat.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 3