Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Toshloq mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-“To‘lbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna tomonidan o‘z saylov okrugi hududida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
🔹 O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududda sanitariya tozaligini ta’minlash, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish tizimining holatini ko‘zdan kechirish, aholi uchun qulay va ekologik jihatdan xavfsiz muhit yaratish hamda mavjud muammolarni aniqlashdan iborat.
🔹 O‘rganish davomida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, chiqindi yig‘ish joylarining sanitariya holatini yaxshilash, hududlarda tozalik va ozodalikka rioya etish hamda ushbu yo‘nalishda mas’ul tashkilotlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
⚠️ Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilanmoqda.
🔹 O‘rganish natijalariga ko‘ra, hududda chiqindilarni olib chiqish bilan bog‘liq aniqlangan muammolarni hal etish, mas’ul tashkilotlar e’tiborini mavjud kamchiliklarga qaratish va ularning bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovlari yuborishga kelishib olindi.
🔹 Deputatlik so‘rovlari orqali muammolarni qonuniy tartibda ko‘rib chiqish, ularning yechimi yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshiriladigan ishlar natijadorligini nazorat qilish ko‘zda tutilgan.
🌿 TOZA HUDUD — SALOMATLIK, OBODLIK VA FAROVONLIK GAROVI!
Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish nafaqat ko‘chalar va mahallalar ozodaligini saqlash, balki aholi salomatligini muhofaza qilish, atrof-muhitni asrash va yashash sharoitlarini yaxshilashda ham muhim ahamiyatga ega.
🏡 Har bir hududning tozaligi, obodligi va ekologik barqarorligini ta’minlash mas’ul tashkilotlar hamda fuqarolarning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlarini talab etadi.
📌 Deputatlik nazorati davom etadi! Aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularni mas’ullar oldida ko‘tarish va amaliy yechim topilishiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3