Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Toshloq mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan “Qirg‘izovul” mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
❇️ O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisining faoliyati va erishilgan natijalarga alohida e’tibor qaratildi.
Qirg‘izovul MFY yoshlar yetakchisi Xaitaliyev Zoxriddin Paxmiddin o‘g‘li tomonidan mahalladagi yoshlarning muammolarini aniqlash, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish hamda kasb-hunarga yo‘naltirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📊 MAKTAB BITIRUVCHILARINING KELAJAGI — DOIMIY E’TIBORDA!
❇️ Mahallada joriy yilda jami 68 nafar maktab bitiruvchisi bo‘lib, ularning kelgusidagi ta’limi va bandligini ta’minlash yuzasidan quyidagi natijalarga erishilgan:
🔹 53 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, bilim va salohiyatini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
🔹 14 nafari doimiy ish bilan ta’minlanib, mehnat faoliyatini boshlash hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
🔹 1 nafari kasb-hunarga o‘qitilib, kelgusida mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi uchun zarur ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltirilgan.
❇️ Yoshlar yetakchisining samarali faoliyati — yoshlar kelajagiga qo‘yilgan mustahkam poydevor!
Bugungi kunda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, oliy ta’lim olishiga ko‘maklashish, ish bilan ta’minlash hamda kasb-hunar o‘rganishi uchun imkoniyatlar yaratish muhim vazifalardan biridir. Bu borada yoshlar yetakchisining tashabbuskorligi, mas’uliyati va har bir yosh bilan individual ishlashi alohida ahamiyat kasb etadi.
❇️ Deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganishlar yoshlar yetakchilari faoliyatining samaradorligini baholash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilashga xizmat qiladi.
📌 Asosiy maqsad — birorta ham yoshni e’tibordan chetda qoldirmaslik, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, munosib kasb egallashi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishdir.
🫥 Yoshlar bugunning kuchi, ertangi kunning bunyodkorlaridir! Ularning ta’limi, bandligi va kelajagi yo‘lidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.