Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Toshloq mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
“OTCHOPAR-1” MAHALLASIDAGI MINI FUTBOL MAYDONCHASI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“OTCHOPAR-1” MAHALLASIDAGI MINI FUTBOL MAYDONCHASI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tomonidan Yunusobod tumanidagi “Otchopar-1” mahalla fuqarolar yig‘inida barpo etilgan mini futbol maydonchasining holati, bolalar va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sport obyektidan xavfsiz foydalanish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺 Mazkur o‘rganish 39-“Minor” saylov okrugida deputatlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun ajratilgan 1 milliard so‘m mablag‘ doirasida Yunusobod tumani mahallalaridagi sport va futbol maydonchalari hamda piyodalar yo‘laklarini joriy ta’mirlashga qaratilgan ishlar bilan bevosita bog‘liq.

📋 Xususan, Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 01-3/3310-sonli xati hamda deputatlik so‘rovi asosida tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga muvofiq, Yunusobod tumani mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan sport va futbol maydonchalarini, shuningdek, piyodalar yo‘laklarini joriy ta’mirlash ishlari nazarda tutilgan.

🏗 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar Yunusobod tumani hokimligi bilan bog‘liq holda tashkil etilgan bo‘lib, ijrochi tashkilot sifatida “Dunyo metall buildings” MChJ belgilangan. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hududlardagi tegishli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

🔎 Deputat Nigora Eshmetova “Otchopar-1” mahallasidagi mini futbol maydonchasini ko‘zdan kechirish davomida bolalarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan bir qatorda, ularning xavfsizligini ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratdi.

🛡 Xususan, futbol o‘yinlari davomida to‘pning maydon tashqarisiga chiqib ketishining oldini olish, bolalar hamda maydoncha atrofida harakatlanayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida mini futbol maydonchasi atrofiga himoya to‘r-setkasini o‘rnatish taklifi bildirildi.

♻️ Mazkur taklif sport maydonchasidan foydalanish qulayligini oshirish, bolalar uchun xavfsiz muhit yaratish hamda deputatlik tashabbuslari doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarining sifatiga e’tibor qaratishga xizmat qiladi.

💡 Shuningdek, mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, bolalar va yoshlarni jismoniy tarbiya hamda sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga, piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish muhimligi qayd etildi.

🗣 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lgan mahallalardagi sport inshootlarining holatini o‘rganish, bolalar uchun xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, piyodalar yo‘laklarini yaxshilash hamda ajratilgan mablag‘lar doirasidagi ishlar ijrosiga e’tibor qaratish vazifalari bilan bevosita bog‘liq.

🤝 Nigora Eshmetova tomonidan ilgari surilgan himoya to‘r-setkasini o‘rnatish taklifi sport maydonchasidan xavfsiz foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, mazkur masalaning tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi muhimligi ta’kidlandi.

📁 Deputatlik tashabbuslari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning asosiy maqsadi — mahallalarda sport va piyodalar infratuzilmasini yaxshilash, bolalar hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratishdan iborat.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9