Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Toshloq mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
Yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda

#Yoshlar_maslahat_guruhi

Yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan hududlarda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ular uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sport va boshqa yo‘nalishlarda o‘z qobiliyatlarini namoyon etishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, iqtidorli yoshlar bilan suhbatlashilib, ularning yutuqlari, qiziqishlari va kelgusidagi rejalari tinglandi. Yoshlarning o‘z iste’dodini rivojlantirishi uchun qanday qo‘shimcha sharoitlar zarurligi yuzasidan takliflar olindi.

Hududdagi o‘quv markazlari faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, ulardagi ta’lim sharoitlari, mavjud imkoniyatlar va yoshlar uchun yaratilgan qulayliklar o‘rganildi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar uchun mavjud imkoniyatlarni kengaytirish hamda ularning takliflarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli takliflar shakllantiriladi.

Slide 1 of 2