Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Baliqchilik bilan shug‘ullanayotgan fermer xo‘jaliklari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bog‘lar holati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi
янв.21
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumida isitish tizimi 68-umumta'lim maktabining isitish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumida isitish tizimi 68-umumta'lim maktabining isitish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
O‘rtovul mahallasida asfaltlangan ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
O‘rta Chirchiq tumani hokimi, deputat Ixtiyor Kasimov "Qaytmas" mahallasidagi "Kelajak yoshlar biznes inkubatori" markazi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
#Mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi holati o‘rganildi
TOSHKENT SHAHRIDA JAMOAT TRANSPORTI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA AVTOBUSLAR HARAKATIGA USTUVORLIK BERISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#SAVOL_JAVOB #Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi

❗️ TOSHKENT SHAHRIDA JAMOAT TRANSPORTI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA AVTOBUSLAR HARAKATIGA USTUVORLIK BERISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Mirakbar Ikramovga poytaxtda jamoat transporti infratuzilmasini takomillashtirish, avtobus bekatlarini zamonaviy talablar asosida jihozlash hamda jamoat transportining uzluksiz va o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash masalalari yuzasidan savol yo‘lladi.

🗣 SAVOL: Deputat Sevara Fayziyeva Toshkent shahrida jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud avtobus bekatlarini yangilash va yangi bekat konstruksiyalarini o‘rnatish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani, shuningdek, avtobuslarning tirbandliklarsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida alohida harakatlanish yo‘laklarini tashkil etish ishlari qaysi bosqichda ekani yuzasidan Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Mirakbar Ikramovga savol yo‘lladi.

🔺 JAVOB: Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Mirakbar Ikramov mazkur masalalar yuzasidan ma’lumot berib, poytaxtda jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish va yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qator ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

💡 Jumladan, Toshkent shahridagi 12 ta ko‘chada umumiy uzunligi 90,5 kilometr bo‘lgan hududda rekonstruksiya ishlari olib borilayotgani qayd etildi. Ushbu ko‘chalar bo‘ylab jami 319 ta avtobus bekati mavjud bo‘lib, hozirgi kunga qadar 265 ta manzilga yangi bekat konstruksiyalari o‘rnatilgani bildirildi.

⚙️ Shuningdek, yangi konstruksiyalar o‘rnatilgan hududlardagi 80 ta eski bekat konstruksiyasi demontaj qilinib, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar asosida bekat infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan boshqa manzillarga qayta o‘rnatilgani ma’lum qilindi.

🚌 Bundan tashqari, jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish maqsadida Toshkent shahridagi 37 ta ko‘chada umumiy uzunligi 90,6 kilometr bo‘lgan avtobuslar uchun alohida harakatlanish yo‘laklarini tashkil etish ishlari olib borilayotgani ta’kidlandi. Xususan, Buyuk Ipak yo‘li, Maxtumquli, Nukus va Osiyo ko‘chalarining jami 7,5 kilometrlik qismida avtobuslar uchun yangi alohida “A” yo‘laklarini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

♻️ Shuningdek, Furqat ko‘chasida avtobuslar uchun ajratilgan harakatlanish yo‘lagini umumiy transport oqimidan ajratish maqsadida maxsus jismoniy ajratuvchi elementlar — delineatorlar o‘rnatilgani qayd etildi.

✅ Mazkur masalalar yuzasidan jamoat transporti infratuzilmasini yanada rivojlantirish, avtobus bekatlarida yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, alohida harakatlanish yo‘laklarini bosqichma-bosqich tashkil etish hamda avtobuslarning belgilangan jadval asosida muntazam harakatlanishini ta’minlash muhimligiga e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1