Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘lar holati o‘rganildi
янв.21
Baliqchilik bilan shug‘ullanayotgan fermer xo‘jaliklari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi
янв.21
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumida isitish tizimi 68-umumta'lim maktabining isitish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumida isitish tizimi 68-umumta'lim maktabining isitish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
O‘rtovul mahallasida asfaltlangan ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi holati o‘rganildi
янв.21
O‘rta Chirchiq tumani hokimi, deputat Ixtiyor Kasimov "Qaytmas" mahallasidagi "Kelajak yoshlar biznes inkubatori" markazi faoliyatini o‘rgandi.
“BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” — 158-SONLI MAKTABDA HALOLLIK VA ADOLAT TAMOYILLARINI TARG‘IB ETISHGA QARATILGAN TANLOV O‘TKAZILDI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” — 158-SONLI MAKTABDA HALOLLIK VA ADOLAT TAMOYILLARINI TARG‘IB ETISHGA QARATILGAN TANLOV O‘TKAZILDI

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida Mirobod tumanidagi 158-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik va adolat tamoyillarini targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔺 Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev hamda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati Tatyana Gribanova ishtirokida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

📝 Tanlovning asosiy maqsadi yosh avlod ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik, adolat, qonunlarga hurmat va mas’uliyat kabi qadriyatlarni mustahkamlash, shu bilan birga, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

📋 Tanlov orqali o‘quvchilarga korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, halol mehnat va adolatli munosabatning ahamiyatini o‘z ijodiy qarashlari orqali ifodalash imkoniyati yaratildi. Bu esa yoshlarning mavzuga nafaqat nazariy, balki ijodiy yondashuvini rag‘batlantirishga xizmat qildi.

⚖️ Deputat Toshpo‘lat Matibayev ishtirokidagi mazkur tadbirda yoshlarni halollik ruhida tarbiyalash, ularda qonuniylik va adolat tamoyillariga hurmatni kuchaytirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini bolalikdan shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📚 Ta’kidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy bilimlarni oshirish bilan bir qatorda, yoshlarning dunyoqarashida halollik, vijdonlilik va mas’uliyat tushunchalarini mustahkamlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, umumta’lim maktablarida bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tashabbuslarning tashkil etilishi o‘quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga ko‘maklashadi.

♻️ Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamiyatda qonuniylik va adolat tamoyillarini mustahkamlash vazifalari bilan hamohangdir.

🤝 Shuningdek, bunday tashabbuslar deputatlar, ta’lim muassasalari va tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘quvchilarning ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undash nuqtayi nazaridan muhimdir.

🗣 “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusidagi rasmlar tanlovi o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon etish bilan birga, ularning ongida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat, halollik va adolat kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlashga qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7