Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
янв.21
🧑‍💼 Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman mahallalari uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan manzilli ishlash holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligi o'rganildi
янв.21
Aholi murojaati — e’tibor markazida
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_sorovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "14-O'rikzor" okrugi deputati Abdushukurov Abdurashid Abduraximovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📁 Ko‘ksaroy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida saylovchilar murojaati yuzasidan deputatlik o‘rganishi davomida mahallaning Navo ko‘chasida 400 metr, Bositxon ko‘chasida 200 metr hamda O‘rikzor berk ko‘chasida 100 metr oqova suv tarmoqlarini qurish va quvurlar yotqizish zarurati mavjudligi qayd etilgan.

⚠️ Mazkur masala aholining sanitariya-gigiyena sharoitlari, yashash muhiti va hudud infratuzilmasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligi sababli, uni amaliy jihatdan hal etish choralarini ko‘rish so'ralmoqda, jumladan:

✍️ ko‘rsatilgan hududlarda oqova suv tarmoqlarini qurish va jami 700 metr quvur yotqizish imkoniyatini joyiga chiqqan holda o‘rganish;

✍️ zarur qurilish ishlari hajmi, texnik yechim va moliyalashtirish manbasini aniqlash;

✍️ mazkur ishlarni tegishli dasturga kiritish yoki mavjud dasturlar doirasida amalga oshirish bo‘yicha aniq choralarni belgilash;

✍️ ishlarni amalga oshirishning aniq boshlanish va yakunlanish muddatlarini ko‘rsatish;

✍️ masalani hal etishga mas’ul tashkilot va mansabdor shaxslarni belgilash;

✍️ ko‘rilgan choralar, aniqlangan moliyalashtirish manbasi hamda ishlarning amalga oshirilish muddatlari to‘g‘risida asoslantirilgan va aniq yozma javob taqdim etish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3