Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Toshloq mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
“Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#24_ta_tavsiya #KQ_35_ijrosi #nazorat_tahlil

“Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan deputatning saylov okrugidagi “Mustaqillik” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori hamda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar asosida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarning bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan ijtimoiy ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlaridagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, hududdagi ijtimoiy muhitni yaxshilash hamda mavjud muammolarni aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha “mahalla yettiligi” a’zolari bilan fikr almashilib, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolar murojaatlarini nazoratga olish hamda deputatlik nazorati doirasida muammolarning amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Deputat E.Hamroyev tomonidan saylov okrugidagi mahallada aholi bilan muntazam muloqot olib borish, muammolarni joyida o‘rganish va ularni tuman Kengashi muhokamasiga olib chiqish orqali fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish borasidagi deputatlik faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3