Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘rta Chirchiq tumani 1-son texnikumida 60 yildan ko‘proq birga umrguzaronlik qilgan 11 ta oila ishtirokida "Qo‘sha qarish saodati" mavzusida "Uch avlod uchrashuvi" ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Yoqubjon Musayev “Do‘stlik” MFYda aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DMTT faoliyatiga deputat tomonidan baho berildi
янв.21
DEPUTAT FAOLIYAT
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Deputat tomonidan elektor tarmoqlari holatlari o‘rganildi
янв.21
O‘rta Chirchiq tumanida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha komissiyas azolari yig'ilishi bo'lib o`tdi.
янв.21
"DEPUTAT MAHALLADA"
KORRUPSIYADAN XOLI HUDUD YARATAMIZ.

KORRUPSIYADAN XOLI HUDUD YARATAMIZ.

 Biz hammamiz odamlar orasida yurtimizning tobora rivojlanib borishi, Yevropa va boshqa rivojlangan mamlakatlardagi qulay hayot, ularda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqidagi suhbatlarga duch kelib qolamiz. Internet zamonida yashaymiz, hozir yutub va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali rivojlangan davlatlar haqidayam, qoloq, rivojlanishdan orqada qolib ketgan davlatlar aholisining hayoti haqidayam hohlagan axborotni yoki videolarni olib ko‘rish va tanishish imkoni yetarli.

Shuningdek, rivojlangan davlatlar yoki boshqa xalqlarning iqtisodiy hayoti haqidagi materiallarni ko‘rish mobaynida ham bu davlatlarning shu darajada yuqori pog‘onalarga chiqib ketishiga sabab nima ekani haqida bosh qotirsak, qayerdaki korrupsiya avj olsa u yerda taraqqiyotga to‘siqlar ko‘payib ketishi haqida fikrlarga duch kelamiz. Korrupsiya rivojlangan joyda rivojlanish bo‘lmaydi, degan haqida ko‘p ijtimoiy tarmoqlarda aylanib yuradigan iboradir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ishtirok etgani va mazkur yig‘ilishda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha qilingan ishlarga baho berilib, kelgusi vazifalar belgilangani ham juda ko‘pchiligimizning yuragimizda bu borada qilinayotgan va qilinishi rejalashtirilayotgan ishlarga yana bir bor xayrixohlik uyg‘otdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi 11-Emalach saylov okrugi deputati Tavboyev Azamat Qo'shboqovich.

Slide 1 of 1