Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏗 Investitsiya dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🚍 Jamoat transporti va bekatlar holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
янв.21
CHIQINDILARNI OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutahassis Sh.Sidikovalar tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish jarayonlari davom etmoqda
янв.21
#Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko'p qavatli uylar ichki yo'laklari (podezdlari), yerto'lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o'rganildi
янв.21
🛗 Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning ishlash holati o‘rganildi
янв.21
#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
#Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi

#Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 17-“Adolat” saylov okrugi deputati D.Mansurxonov nomidan tuman Kengashi deputatlari N.Dushayeva va B.Baxovadinovlar tomonidan “Kuchlik” MFY hududidagi Islom obod ko‘chasining ichki yo‘llari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘chaning ichki yo‘llarida yo‘l qoplamasi mavjud emasligi, bu esa aholi, ayniqsa, piyodalar va transport vositalarining harakatlanishida qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani aniqlandi.

Hudud aholisi bilan suhbat davomida yo‘lni tartibga keltirish, ichki yo‘llarga shag‘al yoki asfalt qoplamasi yotqizish hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha murojaat va takliflar tinglandi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3