Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Toshloq mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
YOSHLAR ORASIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARG‘IB QILINDI

#162_ta_qonun_jrosi
#ekspert_guruhi
#24_ta_muhim_masala

YOSHLAR ORASIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARG‘IB QILINDI

Paxtakor tuman hokimi o‘rinbosari F.Qo‘ldoshev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘limi boshlig‘i R.Eshqobilov, deputat S.Ulug'murodov, ekspert guruhi hamda tuman IIB xodimlari ishtirokida 4-sonli maktabda “Biz yoshlar — giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida tashkil etilgan ko‘rgazma va yoshlarning sport mashg‘ulotlari bilan tanishildi.

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va boshqa zararli odatlarning salbiy oqibatlarini tushuntirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlarni turli zararli illatlardan asrashga qaratilgan targ‘ibot materiallari namoyish etildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning sport mashg‘ulotlari jarayoni kuzatilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish va sog‘lom hayot tarzini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 7