Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Toshloq mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
Mahallada jinoyatchilik holati va uning oldini olish choralari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan tumanning “Besh-tut” mahallasida “mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida mahallada jinoyatchilik holati, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligi o‘rganildi.

🔴O‘rganish davomida mahalladagi mavjud kriminogen vaziyat, aholi o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ayniqsa, yoshlar bilan profilaktik ishlarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tahlillar davomida mahallada o‘g‘irlik jinoyati sodir etilgani qayd etildi. Mazkur holat yuzasidan jinoyatchilikka olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni barvaqt aniqlash, aholi o‘rtasida hushyorlik va ehtiyotkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🔴Ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni nazoratsiz qoldirmaslik, yoshlar bilan muntazam muloqot olib borish hamda ularni sport, madaniy-ma’rifiy va boshqa foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, xonadonlarda mol-mulk xavfsizligini ta’minlash, qimmatbaho buyumlar va boshqa mol-mulklarni saqlashda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish, shubhali holatlarga befarq bo‘lmaslik hamda zarur hollarda mas’ul xizmatlarga o‘z vaqtida xabar berish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

🔴Deputat tomonidan “mahalla yettiligi” vakillariga profilaktik va targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etish, aholi bilan ochiq muloqotlarni ko‘paytirish, jinoyatchilikka moyil bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar va yoshlar bilan individual ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1