Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📃Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 15-O'zbekiston saylov okrugi deputati Radjapov Shuxrat Payg'ambarovich tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Park va xiyobonlarning obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏘 “Mustaqillik” mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
Deputatlik so‘rovi

Termiz shahrida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda oilalardagi muammolarni manzilli hal etish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Bu savolga aniq raqam va faktlar asosida javob olish maqsadida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova tomonidan Termiz shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G. Raxmonovaga deputat so‘rovi yo‘llandi.

So‘rovda 2026-yil boshidan bugungi kungacha quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yozma ma’lumot so‘ralgan:

— xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish va huquqlarini himoya qilish;
— “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash;
— ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish;
— tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
— og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish;
— notinch va nizoli oilalar bilan profilaktik ishlar olib borish;
— tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish;
— erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish;
— mehnat migratsiyasidan qaytgan hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
— ayollar bandligi va oilalar daromadini oshirishga ko‘maklashish;
— ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.

Mazkur yo‘nalishlarning har biri ortida muayyan inson taqdiri, oila va jamiyat manfaatlari turibdi. Shu bois bajarilgan ishlarni faqat tadbirlar soni bilan emas, balki qancha ayolga amaliy yordam ko‘rsatildi, nechta muammo hal etildi va qanday natijaga erishildi, degan mezonlar asosida baholash muhim.