Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Deputat tomonidan uylarda gaz bilan bog‘liq masalalari o'rganildi
янв.21
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumida isitish tizimi holati o'rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-445-son Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 662-II-son Qonuni ijrosining tumandagi holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallalarda aholining elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalari o'rganildi
янв.21
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar holati o'rganildi
янв.21
#Hududdagi madaniyat muassasalari holati
AHOLI MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILMOQDA

Aholi turmush darajasini oshirish, ehtiyojmand qatlamlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan bevosita joyida ishlash maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ibrohim Qarshiboyev “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da ro‘yxatda turuvchi bir qator oilalar xonadonlarida bo‘ldi.

O‘rganishlar davomida xonadon egalarining yashash sharoitlari, mavjud ehtiyojlari va muammolari atroflicha tinglandi. Xususan:

- Bandlikni ta’minlash va doimiy daromad manbaini yaratish;
- Tibbiy xizmat ko‘rsatish va zarur davolanish jarayonlariga ko‘maklashish;
- Moddiy va ijtimoiy yordam choralari;
- Uy-joy va kommunal sohadagi masalalar muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida ko‘tarilgan murojaat va takliflarning har biri nazoratga olinib, ularni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriq hamda vazifalar yuklatildi.

Joylarda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish va ehtiyojmand xonadonlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 2