Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uyg‘ur mahallasidagi ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Hokim, tuman Kengashi deputati tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi
янв.21
Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi
янв.21
#Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
#Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan O'rtasaroy MFY hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik MFYda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

📌 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi raisi U.Salimov tomonidan tumanimizda sport bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuvda yosh sportchilarning fikr-mulohazalari, takliflari hamda ularni qiynayotgan masalalar tinglandi.

⚽️🏀🏐 Muloqot davomida yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash, sport maydonchalarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, turli sport turlarini rivojlantirish hamda iqtidorli sportchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirib, sport sohasida erishayotgan yutuqlari hamda kelgusidagi maqsadlari haqida so‘zlab berdilar.

🏅 Uchrashuvda yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish va yuqori natijalarga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🌟 Yoshlar — kelajagimiz, sport esa sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasining muhim omilidir!

💪 Sog‘lom yoshlar — kuchli jamiyat!

Slide 1 of 3