Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uyg‘ur mahallasidagi ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Hokim, tuman Kengashi deputati tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi
янв.21
Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi
янв.21
#Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
#Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan O'rtasaroy MFY hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik MFYda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputat tashabbusi bilan «5 000 qadam» salomatlik aksiyasi o‘tkazildi

Bandixon tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda jismoniy faollikni aholi kun tartibining doimiy qismiga aylantirish borasida tizimli targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 1-“Bandixon” saylov okrugi deputati H.A.Abdimo‘minov barcha yoshdagi aholi vakillarini qamrab olgan holda «5 000 qadam» salomatlik aksiyasida ishtirok etdi.

Tadbirda deputat, mahalla nuroniylari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari piyoda yurish marafoni orqali sog‘lom hayot tarzining afzalliklarini namoyish etishdi. Muloqotlar chog‘ida har kuni kamida 5 ming qadam piyoda yurish inson salomatligini mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirishning eng samali va hammabop usuli ekanligi ta’kidlandi. Bu kabi ommaviy sport tadbirlari tumanning barcha mahallalarida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 9