Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏗 Investitsiya dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🚍 Jamoat transporti va bekatlar holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
янв.21
CHIQINDILARNI OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutahassis Sh.Sidikovalar tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish jarayonlari davom etmoqda
янв.21
#Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko'p qavatli uylar ichki yo'laklari (podezdlari), yerto'lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o'rganildi
янв.21
🛗 Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning ishlash holati o‘rganildi
янв.21
#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

 ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 59-son qarori ijrosining tumandagi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔎 O‘rganishlar davomida tumandagi chakana savdo obyektlarida:
▪️ xalq iste’moli tovarlarining sifati va xavfsizligi;
▪️ mahsulotlarning saqlash sharoitlari;
▪️ tovarlarning markirovkasi va yaroqlilik muddati;
▪️ xaridorlarga kassa cheki berilishi;
▪️ iste’molchilar huquqlarining ta’minlanishi;
▪️ aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi holatlari o‘rganilmoqda.
📋 Shuningdek, deputatlar tomonidan mas’ul tashkilotlarga qaror ijrosini ta’minlash, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholining iste’molchilar huquqlari bo‘yicha huquqiy xabardorligini oshirish yuzasidan savollar va takliflar berilmoqda.
🤝 Asosiy maqsad — aholining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sifatli va xavfsiz mahsulotlar savdosini ta’minlash hamda iste’molchilar huquqlarining amalda kafolatlanishiga ko‘maklashish.
📌 Qarorda chakana savdo obyektlarida xalq iste’moli tovarlarini nazorat xaridi, ekspertizadan va laboratoriya testidan o‘tkazish tartiblari belgilangan.